Uzbekonomics
Uzbekonomics
Botir Kobilov
Jun 12, 2026 · 1 hr 42 min

66 - Futbol va iqtisodiyot: tadqiqotlar va jahon chempionati

MP3
Ushbu epizodni qisqa qilib "Ergash Karimov effekti va Hojiboy Tojiboyev xotirasi" deb nomlasak ham bo'ladi. Jahon chempionati boshlanar ekan, futbolning miqyosi, uning nafaqat jahon iqtisodiyotiga ta'siri, balki ijtimoiy va madaniy o'rni haqida gaplashdik. Bu epizod faqat futbol haqida emas. Nima uchun iqtisodiyot va moliya yo'nalishidagi tadqiqotlar uchun futbol foydali? Chunki u iqtisodchilar orzu qiladigan narsani beradi: eksperimental laboratoriya. "Fond bozori milliy jamoaning yutqazishidan keyin tushishi mumkinmi, maktab o'quvchilarning imtihon natijalariga, oilaviy zo'ravonlikka futbol ta'sir qiladimi, penalti - von Neumann minimax teoremasining yagona real hayotdagi isbotimi" kabi savollarga javob beradigan tadqiqotlar haqida gaplashdik.Shu bilan birga, chipta bozori, dinamik narxlash, FIFA, va albatta O'zbekistonning tarixiy birinchi qatnashishi haqida ham gaplashdik. Podkast epizodi hamkori: "Juru". "Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir. https://juru.org/about-usPodkast yozilgan sana: 11 iyun 2026 yil.

This podcast uses Podbean for stats and dynamic audio. What this means Episodes play from the podcast's own servers, unmodified. Not affiliated with Podbay.