Uzbekonomics
Uzbekonomics
Botir Kobilov
Feb 5, 2026 · 1 hr 10 min

59 - Inson hayoti qancha turadi?

MP3
Inson hayoti bebaho. Lekin, bunday fikr orqali inson hayotini deyarli qadrsizlantiradigan vaziyatlar ko‘p. Inson hayotiga qanday vaziyatlarda iqtisodiy qiymat berib pulda o‘lchash mumkin va kerakligi haqida, nima uchun bu qaror qabul qiluvchilar uchun o‘ta muhim raqamligi, qaysi sohalarda bu hisob-kitoblarning o‘zagi bo‘lishi kerakligi, AQSHda va O‘zbekistonda o‘rtacha statistik hayotning qiymati qancha ekanligi haqida suhbatlashdik. Hayotning statistik qiymati bu iqtisodiy tushuncha va iqtisodchilar buni hisoblab chiqishgan. Bu taxminiy raqam orqali atrof-muhit zararlanishi, yo‘llardagi harakatlanish, xavfsizlik masalalarining iqtisodiy zararini inson hayoti orqali ifodalashga yordam beradi.Podkast epizodi hamkori: "Juru". "Juru" Markaziy Osiyo va Kavkazdagi yetakchi xalqaro konsalting va muhandislik korxonasi bo'lib, uning maqsadi barqaror rivojlanishni ilgari surishdir. https://juru.org/about-us

This podcast uses Podbean for stats and dynamic audio. What this means Episodes play from the podcast's own servers, unmodified. Not affiliated with Podbay.